Shashka xizmatidan foydalanish, akkaunt yaratish, o'yin o'ynash, Premium yoki olmos xarid qilish orqali Siz ushbu Foydalanish shartlarini o'qiganingizni, tushunganingizni va ularga rozilik bildirganingizni tasdiqlaysiz. Rozi bo'lmasangiz, xizmatdan foydalanmang.
Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlash tartibi Maxfiylik siyosatida yozilgan.
1. Xizmat haqida
Shashka — onlayn shashka platformasi. U sayt (checkers.sifr.uz), Telegram Mini App va Android ilovasi orqali ishlaydi. Platformada onlayn o'yin, bot bilan o'yin, mashq, turnirlar, jamoalar jangi, reyting, profil, do'kon va muloqot imkoniyatlari bor.
Shashka istalgan funksiyani xabarsiz qo'shishi, o'zgartirishi, vaqtincha to'xtatishi yoki olib tashlashi mumkin. Narxlar, limitlar va mukofot miqdorlari o'zgarishi mumkin; amaldagi qiymatlar platformada ko'rsatiladi.
2. Akkaunt
Kirish Telegram yoki Google akkaunti orqali amalga oshiriladi. Android ilovasida kirish uchun Telegram bot kodi ishlatiladi. Xizmat 13 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun.
- bir shaxs bitta akkauntdan foydalanadi; ikkinchi akkaunt bilan o'ziga ustunlik yaratish taqiqlanadi;
- akkaunt orqali qilingan barcha harakatlar, jumladan xaridlar, akkaunt egasining javobgarligida;
- qurilma va Telegram akkauntini himoya qilish foydalanuvchining zimmasida;
- haqoratli yoki chalg'ituvchi ism qo'yish taqiqlanadi, bunday ism aniqlansa akkaunt avtomatik 24 soatga bloklanadi.
3. Premium
Premium obuna olmos hisobidan sotib olinadi va darhol faollashadi. Tariflar:
- 3 kun — 150 💎;
- 30 kun — 800 💎;
- 90 kun — 2 200 💎;
- 365 kun — 8 000 💎.
Premium beradi: o'yinlar tahlili cheksiz, profilda oltin nishon, raqib tarmoqda bo'lmasa bot orqali taklif, profil rasmi, profil izohlarini yozish, jamoa yaratish (qo'shimcha 100 💎), o'yinga taklif yuborish bepul (Premium bo'lmasa har taklif 5 💎). Premiumni boshqa foydalanuvchiga sovg'a qilish mumkin.
Muddat tugagach imkoniyatlar to'xtaydi, olingan buyumlar qoladi. Premium tarkibi vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin, sotib olingan muddat davomida asosiy imkoniyatlar saqlanadi.
VIP. VIP sotilmaydi, uni ma'muriyat o'z ixtiyori bilan ma'lum muddatga beradi va istalgan vaqtda qaytarib olishi mumkin. VIP Premiumning barcha imkoniyatlarini o'z ichiga oladi va qo'shimcha: o'yin chatida matn yozish, muqova, jamoa yaratish, turnir ruxsatnomasi va kanal masalasi yechimi bepul, do'kondagi 1 000 💎 gacha bo'lgan toshlar bepul (yaratuvchi ulushini xizmat to'laydi). Tosh yaratish, turnir va jang fondi, sovg'alar va boshqa o'yinchiga o'tadigan to'lovlar VIP uchun ham pullik.
4. Olmos
Olmos (💎) — platformaning ichki virtual birligi. U real pul, elektron pul yoki bank mablag'i emas va pulga aylantirilmaydi.
Olmos manbalari:
- onlayn o'yinda har bir g'alaba uchun +1 💎;
- havolangiz orqali kelgan har bir yangi foydalanuvchi uchun 10 💎, turnirga taklif uchun 5 💎 (bir do'st uchun bir marta);
- taklif qilingan do'stlar soni unvon chegarasiga yetganda bir martalik bonus (20 💎 dan 1 200 💎 gacha);
- turnir va jang mukofotlari;
- aksiyalar va ma'muriyat sovg'alari;
- xarid: Telegram Stars orqali 75 💎 = 45 ⭐, 160 💎 = 90 ⭐, 450 💎 = 225 ⭐, 1 000 💎 = 450 ⭐; Click va Payme orqali so'mda, narx to'lov oynasida ko'rsatiladi.
O'tkazma. Olmosni boshqa foydalanuvchiga platforma ichida o'tkazish mumkin, komissiya 2% (kamida 1 💎). O'tkazma qaytarilmaydi, qabul qiluvchini tekshirib yuboring.
Olmosni platformadan tashqarida sotish, real pulga almashtirish yoki bunday savdoni taklif qilish taqiqlanadi. Shashka bunday operatsiyalar bo'yicha hech qanday majburiyat olmaydi.
5. O'yin ichidagi buyumlar
- Toshlar. Do'kondan olmosga sotib olinadi. O'z toshingizni yaratish 600 💎, uni bozorga 100 000 💎 gacha narxda qo'yish mumkin; har sotuvdan yaratuvchiga narxning 50% i tushadi.
- Profil muqovasi. Tayyor rasm yoki o'z rasmingiz, har biri 100 💎, 20 tagacha yuklash.
- Jamoa. Premium foydalanuvchi 100 💎 ga yaratadi. Jamoa yopilsa summa qaytmaydi.
- O'yin ichida. Bir o'yinda 10 ta chat xabaridan keyingi xabarlar 10 💎, ovozli xabar 10 💎.
Barcha buyumlar raqamli mahsulot bo'lib, faqat platforma ichida ishlatiladi. Ularning ko'rinishi va mavjudligi o'zgarishi mumkin. Boshqa foydalanuvchi yaratgan toshni sotib olganingizda uning muallifi u tosh dizayniga javobgardir.
6. Turnirlar va jamoalar jangi
Turnir. Yaratuvchi mukofot fondini o'z hisobidan qo'yadi, kamida 100 💎. Ishtirok uchun 10 💎 yoki kunlik ruxsatnoma 10 💎 (shu kundagi barcha turnirlar). Guruh turnirlari bepul. Homiylar fondga olmos qo'shishi mumkin. Mukofot 1–3-o'rinlarga 50% / 30% / 20% nisbatda taqsimlanadi. Berserk rejimida g'alaba +0,5 ball beradi (kamida 7 yurish bo'lsa).
Jamoalar jangi. Fond kamida 200 💎, 20 tagacha jamoa. Avtomatik janglar: har yakshanba 21:00 da 1 000 💎, oyning oxirgi yakshanbasida 2 000 💎 va medal. Berserk g'alabasi +1 ball (kamida 7 yurish).
Turnir va jang natijalari tizim tomonidan hisoblanadi va yakuniy hisoblanadi. Qoidabuzarlik aniqlansa mukofot bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin. Ishtirok to'lovi turnir boshlangach qaytarilmaydi.
7. Xaridlar va qaytarish
Xariddan oldin mahsulot, narx va muddatni tekshiring. Tasdiqlangan xarid uchun foydalanuvchi javobgar.
Sotib olingan olmos, Premium, toshlar, muqovalar, jamoa va boshqa raqamli buyumlar qaytarilmaydi va pulga almashtirilmaydi. Yagona istisno: to'lov o'tgan, lekin xarid texnik xato tufayli hisobga tushmagan. Bunday holda qo'llab-quvvatlashga to'lov tasdig'i bilan murojaat qiling, xarid hisobingizga yetkaziladi.
Akkaunt qoidabuzarlik uchun bloklansa, undagi olmos va buyumlar uchun kompensatsiya berilmaydi.
8. Profil, kontent va muloqot
Foydalanuvchi profilga ism, bio, rasm va muqova joylashtirishi, turnir va jamoa chatida, profil izohlarida va o'yin chatida yozishi mumkin. Joylashtirilgan kontent uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.
Taqiqlanadi:
- haqorat, tahdid, kamsitish, shantaj;
- pornografik, zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi yoki noqonuniy materiallar;
- spam, reklama, tashqi savdo takliflari, zararli havolalar;
- firibgarlik, boshqa foydalanuvchini aldash, ma'muriyat nomidan yozish;
- boshqalarning huquqlarini yoki mualliflik huquqini buzuvchi materiallar.
Haqoratli so'z bor xabar, ism, bio va izoh qabul qilinmaydi; chatda bir soat ichida uch marta urinilsa yozish avtomatik 24 soatga cheklanadi. Shashka qoidabuzar kontentni ogohlantirishsiz o'chirish, yashirish, chatdan chetlatish va akkauntni cheklash huquqiga ega.
9. O'yin natijalari va reyting
- reyting Glicko-2 tizimida 800 dan 2 500 gacha, g'alaba, mag'lubiyat va durang bo'yicha avtomatik hisoblanadi;
- vaqt tugashi, taslim bo'lish va o'yindan chiqib ketish mag'lubiyat hisoblanadi;
- raqib yurmay qolganda "Chiqish" tugmasi o'yinni reytingsiz tugatadi;
- bot bilan o'yin reytingga ta'sir qilmaydi, kuniga 20 tagacha;
- durang qoidalar bo'yicha kelishuv yoki avtomatik tarzda qayd etiladi.
Internet, qurilma yoki elektr ta'minoti tufayli o'yindan uzilib qolish natijani o'zgartirish uchun asos emas. Foydalanuvchi tizim qayd etgan natijani qabul qiladi.
10. Halol o'yin
Taqiqlanadi:
- o'yin davomida shashka dvijoklari, botlar yoki tashqi yordamdan foydalanish;
- natijani oldindan kelishish, ataylab yutqazish, ikkinchi akkaunt bilan o'ynash;
- reyting yoki olmosni sun'iy oshirish ("farming");
- tizim xatolaridan foydalanib olmos, Premium yoki buyum olish;
- to'lov tizimini aldash, boshqa akkauntga ruxsatsiz kirish.
Bir juft o'yinchi 24 soat ichida o'zaro 10 marta taslim bo'lgach, keyingi o'yinlarda ularga reyting va olmos berilmaydi. Arxivdagi shikoyat tugmasi orqali yuborilgan o'yinlar tekshiriladi. Qoidabuzarlik aniqlansa reyting, olmos va mukofotlar bekor qilinadi, akkaunt cheklanadi.
11. Texnik nosozliklar
Shashka onlayn xizmat. Internet, server, qurilma yoki dasturiy ta'minot sababli vaqtincha uzilish, kechikish, natija yoki reytingning noto'g'ri ko'rinishi, olmos hisobining kechikishi, ayrim funksiyalarning ishlamasligi yuz berishi mumkin.
Shashka nosozliklarni imkon qadar tez bartaraf etadi, lekin xizmatning uzluksiz va xatosiz ishlashini kafolatlamaydi va texnik uzilish tufayli yuzaga kelgan zararlar uchun javobgar emas, qonunchilikda majburiy nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
12. Xizmatning to'xtatilishi
Texnik xizmat ko'rsatish, yangilash, xavfsizlik, nosozlik, favqulodda holat yoki boshqa zarur sabab tufayli xizmat vaqtincha to'xtatilishi mumkin. Rejali ishlar haqida imkon qadar oldindan xabar beriladi, biroq bu har doim ham mumkin bo'lmaydi. Davom etayotgan o'yin va turnirlar bunday holatda tizim qoidalari bo'yicha yakunlanadi.
13. Akkauntni cheklash va bloklash
Ushbu shartlarni buzgan akkaunt vaqtincha yoki doimiy bloklanishi, alohida funksiyalari (chat, turnir, o'tkazma) cheklanishi mumkin. Ayrim cheklovlar avtomatik qo'llanadi (haqoratli so'z, bema'ni ism — 24 soat). Blok sababi bloklangan sahifada ko'rsatiladi. Nohaq bloklangan deb hisoblasangiz, qo'llab-quvvatlashga murojaat qiling.
14. Javobgarlik chegarasi
Foydalanuvchi xizmatdan o'z xohishi bilan foydalanadi. Shashka foydalanuvchi qurilmasi, internet aloqasi, Telegram, Google, to'lov tizimlari yoki boshqa tashqi omillar sababli yuzaga keladigan muammolar uchun javobgar emas. Qonunchilik bilan majburiy yuklatilgan javobgarlik ushbu band bilan cheklanmaydi.
15. Uchinchi tomon xizmatlari
Xizmat Telegram (kirish, bot, Stars to'lovi), Google (kirish, Google Play), Click va Payme (to'lov) hamda internet-provayderlarga bog'liq. Ushbu xizmatlardagi uzilishlar Shashka ishiga ta'sir qilishi mumkin va Shashka nazoratidan tashqarida.
16. Shartlarning o'zgarishi
Shashka ushbu shartlarni yangilashi mumkin. Yangi matn shu sahifada yuqoridagi sana bilan e'lon qilinadi va e'lon qilingan paytdan amal qiladi. Yangilanishdan keyin xizmatdan foydalanishni davom ettirish yangi shartlarni qabul qilganlikni bildiradi.
17. Rozilik va aloqa
Xizmatdan foydalanish orqali foydalanuvchi shartlarni o'qiganini va tushunganini, xaridlarni o'z xohishi bilan qilishini, akkaunti va kontenti uchun javobgar ekanini, olmos va buyumlar real pul emasligini, texnik uzilishlar bo'lishi mumkinligini va halol o'yin qoidalariga rioya qilishini tasdiqlaydi.
Savol va murojaatlar uchun Telegram: @FullStackDev_uzb