Umumiy
Ushbu siyosat Shashka onlayn shashka o'yiniga (sayt checkers.sifr.uz, Telegram Mini App va Android ilovasi) tegishli. Unda qanday ma'lumot yig'ilishi, nima uchun ishlatilishi va siz qanday huquqlarga egaligingiz tushuntirilgan.
O'yindan foydalanish orqali siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz. O'yin 13 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan.
Qanday ma'lumot yig'iladi
Akkaunt. Telegram orqali kirganda: Telegram ID, ism va username. Google orqali kirganda: elektron pochta manzili va Google akkaunt ID. Android ilovasida kirish Telegram bot kodi orqali amalga oshiriladi, parol saqlanmaydi.
O'yin ma'lumotlari. O'ynalgan o'yinlar arxivi (yurishlar, natija, vaqt nazorati), reyting va statistika, turnir va jamoa natijalari, do'stlar ro'yxati, taklif (referal) havolasi orqali kelgan foydalanuvchilar.
Muloqot. Turnir va jamoa chati xabarlari, profil izohlari va tavsifi, dasturchiga yuborilgan taklif va shikoyatlar. O'yin ichidagi chat va ovozli xabarlar serverda saqlanmaydi.
Ichki valyuta va xaridlar. Olmos balansi, o'tkazmalar tarixi, sotib olingan toshlar, muqovalar va premium. Karta yoki to'lov rekvizitlari bizga kelmaydi, to'lovni Telegram Stars, Click yoki Payme o'z tizimida bajaradi.
Yuklangan rasmlar. Profil muqovasi sifatida yuklagan rasmingiz.
Push xabarlar. Siz yoqqan taqdirdagina brauzer push obunasi (manzil va kalitlar) saqlanadi.
Texnik ma'lumot. IP manzil va brauzer ma'lumoti server jurnalida 14 kun saqlanadi va bazaga yozilmaydi. Cookie: kirish sessiyasi (365 kun) va til. Brauzer xotirasida (localStorage) mavzu va shunga o'xshash sozlamalar turadi.
Nima uchun ishlatiladi
- o'yin, reyting, turnir va jamoa funksiyalarini ishlatish;
- xavfsizlik va qoidabuzarliklarga qarshi kurash (bloklash, nohalol o'yinni aniqlash);
- olmos xaridlari va o'tkazmalarini hisobga olish;
- o'yin, turnir va jang haqida xabar yuborish (Telegram bot va push);
- taklif va shikoyatlarga javob berish.
Kimga beriladi
Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun uzatilmaydi. Reklama va analitika xizmatlari ishlatilmaydi.
Quyidagi xizmatlar o'z vazifasi doirasida ma'lumot oladi: Telegram (kirish, bot xabarlari, Stars to'lovi), Google (kirish), Click va Payme (to'lov), brauzeringizning push xizmati (xabarlar).
Boshqa o'yinchilarga ochiq ko'rinadigan ma'lumot: ism, username, reyting va statistika, o'yinlar arxivi, profil, jamoa a'zoligi, chatdagi xabarlaringiz.
Saqlash muddati
Akkaunt ma'lumotlari akkaunt mavjud ekan saqlanadi. Server jurnallari 14 kundan keyin o'chiriladi. Akkaunt o'chirilganda shaxsiy ma'lumotlar o'chiriladi, o'yinlar arxivi esa raqib uchun ismsiz holda qolishi mumkin.
Sizning huquqlaringiz
- profil ma'lumotlarini ko'rish va o'zgartirish;
- push xabarlarni sozlamalarda o'chirish;
- boshqa foydalanuvchini bloklash;
- akkaunt va ma'lumotlarni o'chirishni so'rash, so'rov 30 kun ichida bajariladi.
Xavfsizlik
Barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi. Sessiya cookie faqat xavfsiz ulanishda va faqat server tomonidan o'qiladi. Bazaga kirish cheklangan, zaxira nusxalar muntazam olinadi.
O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa yangi matn shu sahifada, yuqoridagi sana bilan e'lon qilinadi.
Aloqa
Savol va so'rovlar uchun Telegram: @FullStackDev_uzb
Xizmatdan foydalanish qoidalari: Foydalanish shartlari